Özbekiston Respublikasi IIV Öz xavfsizligi boşqarmasi Samarqand viloyati böyiça bölimiga Samarqand şahri böyiça IIOFMB 5-sonli IIB xodimlariga fuqaro tomonidan pora taklif qilinayotgani holati yuzasidan tezkor ma'lumot kelib tuşgan.

Bölim xabariga köra, 2019 yil 28 noyabr kuni Samarqand şahri böyiça IIOFMB 5-sonli IIB Jinoyat-qidiruv bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan nazorat tartibida giyohvandlik vositasini sotib oliş tadbiri davomida tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan «R»ga Samarqand şahar «Xişrav» qörğonida Urgut tumani «Qayroqli» mahallasida yaşovçi, 1967 yili tuğilgan fuqaro O.E. jami oğirligi 188,54 grammga teng bölgan köp miqdordagi marixuana giyohvandlik vositasini 1 500 000 sömga sotgan vaqtida uşlanib, hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIOFMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan 2019 yil 29 noyabr kuni O.E.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borişga kirişilgan.

Şu kuni soat 13:00larda Samarqand şahar Beruniy köçasi 82-uyda joylaşgan Samarqand şahri böyiça IIOFMB 5-sonli IIBning ma'muriy binosiga, 5-sonli içki işlar bölimi boşliği, podpolkovnik San'at Nurillayevning oldiga O.E.ning ukasi, 1969 yili Urgut tumanida tuğilgan fuqaro B.E. kelib, işni pul evaziga tergovga ötkazmasdan, jinoyat tariqasida rasmiylaştirmaslikni söraydi. 

Podpolkovnik S.Nurillayev unga akasi O.E. giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravişda sotiş jinoyatini sodir etganligini, bu holat yuzasidan tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilganligini aytişiga qaramasdan, B.E. akasini işini hal qilib berişini, buning evaziga 2 000 AQŞ dollari miqdorida pulni berişini taklif qiladi. Podpolkovnik S.Nurillayev fuqaro B.E.ga qilayotgan harakati noqonuniyligini, pora beriş-oliş jinoyat ekanligini tuşuntiradi. Biroq fuqaro 2 000 AQŞ dollari miqdoridagi pulni şu kuni soat 18:00da olib kelişini aytib çiqib ketadi.

Podpolkovnik fuqaro B.E. bilan bölib ötgan suhbat jarayonini «Samsung» rusumli uyali telefon apparatiga yozib olib, suhbatni SD diskka köçirib, viloyat IIB boşliğining nomiga tezkor tadbir ötkazişni sörab bildirgi bilan murojaat qiladi.

Uşbu bildirgi asosida 29 noyabr kuni soat 19:30larda ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.E. akasi O.E. tomonidan sodir etilgan jinoyatni rasmiylaştirmaslik evaziga podpolkovnik S.Nurillayevga uning xizmat xonasida 2 000 AQŞ dollarini pora tariqasida bergan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.