Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadadagi aviahalokatda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi
Kanadaning Toronto shahrida aviahalokat qurbonlari bo‘lgan o‘zbekistonliklarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda ctvnews.ca nashri xabar berdi.
Aviahalokat 27 noyabrda Kanadaning Kingston shahrida yuz bergandi. AQShning Texas shtatida yashovchi Otabek Oblaqulov rafiqasi Zamira Boboyeva va 3, 11 va 15 yoshli uch farzandi bilan hamda O‘zbekistondan Kanadaga immigratsiya qilgan Bobomurod Nabiyev va uning rafiqasi Sabina Usmonova Markxem shahridan Kvebekka parvoz vaqtida halok bo‘lishgan. Samolyotni Otabek Oblaqulov boshqargan.
6 dekabrda Toronto yaqinida joylashgan Skarboro shahridagi “Abu Bakr Siddiqiya” masjidida halok bo‘lganlarning janozasi bo‘lib o‘tgan. Unda Kanadada yashovchi va ishlovchi hamda AQShning Chikago va Xyuston shahridan kelgan o‘zbeklar ishtirok etishgan.
Aviahalokat qurbonlaridan 6 nafari - Otabek Oblaqulov farzandlari va rafiqasi bilan birga hamda Bobomurod Nabiyev Kanadaning Richmond Xoll shahridan 25 km uzoqlikda joylashgan musulmonlar qabristonida dafn etilgan. Oblaqulovlar oilasi qarindoshlarining Kanadada dafn etilishiga rozilik bergan. Sabina Usmonovaning ota-onasi qizining O‘zbekistonda dafn etish istagini bildirgan. Shu sababli Torontoga marhumaning otasi jo‘nagan.
Hanuzgacha aviahalokatga nima sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda. Fojiaga ob-havo sharoiti yoki texnik nosozlik olib kelganiga samolyot qoldiqlarini tekshirish davomida aniqlik kiritiladi.
Mavzuga oid
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026