Urgut tumani Ispanza qişloği aholisi respublika ahamiyatidagi «Urgut – Bulunğur» yölining şu qişloqning uçta mahallasi, şuningdek, Urgut şahri «Yuqori Torinjak» mahallasidan ötgan qismi juda ham xarob ahvoldaligidan, yölning ta'mirlanişini sörab yozmagan va bormagan joylari qolmagan edi. Ammo heç kim şu yölni ta'mirlab bermayotgani, 2017 yildan söng Urgut yölsozlari yölning bir qismini ta'mirlagani, qolgan qismi respublika ahamiyatiga ega yöl maqomiga umuman mos kelmaydigan darajada xarob bölib yotgani haqida murojat tuşgan edi.

Öşanda murojatni örganiş uçun borib yölning ahvolini körganimizda haqiqatan yöl holati juda yomon ahvolda edi. Şundan söng Urgut tuman yöl idorasiga borib, tegişli mutasaddilardan izoh olgan edik.

Urgut tuman yöl idorasi mas'uli, boş muhandis Ermat Şodiyev «Respublika ahamiyatidagi yöllar Moliya vazirligi qoşidagi «Yöl jamğarmasi» mablağlari hisobidan ta'mirlanişi, 2019 yilda ta'mirlanişi lozim bölgan yöllarning smeta xarajatlarini viloyat yöl boşqarmasiga jönatilgani, endi Moliya vazirligi qoşidagi «Yöl jamğarmasi» pul ajratsa uşbu yöl navbati bilan ta'mirlab berilişi, aks holda bu yöl 2019 yilda ham şu holatda qolaverişi va hattoki 2020 yil rejalariga ötib ketişi ham mumkinligini ma'lum qilgan edi.

Urgut tuman yöl idorasidan nima deyişimizni bilmay çiqib ketgan edik. Töğri-da, respublika ahamiyatiga ega bölgan yöl uçun mablağni Toşkentdan ajratişsa, Urgut yölsozlarining qölidan nima ham kelardi?..

Oradan 6–7 oy vaqt ötdi. Yaqinda «Urgut – Bulunğur» yöli masalasida şu yölning bir qismi ötgan «Jayratepa» mahallasi raisi H.Ahmedov yana bizga murojat qildi.

Uning aytişiça, Urgut yölsozlari «mablağ yöq» deb bahona qilişyapti. Sababi, bahorda «Toşkentdan, Moliya vazirligi qoşidagi «Yöl jamğarmasi» pul ajratsa yöllaringni ta'mirlaymiz, aks holda boşqa imkoniyatimiz yöq», degan Urgut yölsozlari yozi bilan tumanning boşqa turli hududlaridagi yöllarni asfalt qilişgan. Lekin, negadir «Urgut – Bulunğur» yölining «Yuqori Torinjak» mahallasi va «Ispanza» qişloğining uçta mahallasi hududidan ötgan qismini ta'mirlab berişmagan.

Bu safar şu yölning holatini oxirigaça köriş uçun, uşbu yölning Tojikistonga ötuvçi «Jartepa» bojxona maskani joylaşgan «Samarqand –Ayniy» xalqaro yöligaça bölgan 22 kilometrli qismini avtomobilda borib körib keldik. Bekor qilibmiz.

Sababi — «Urgut – Bulunğur» yölining nafaqat «Yuqori Torinjak» mahallasi va «Ispanza» qişloqlaridan ötgan 5–6 kilometrli uçastkasi, balki uzunligi 22 kilometrni taşkil etuvçi «Urgut – Jartepa» yölining aksariyat qismi juda yomon ahvolga tuşib bölibdi.