Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada vulqon otilishi vaqtida 5 kishi halok bo‘ldi
Yangi Zelandiyaning Uayt-Aylend orolida vulqon otilishi vaqtida kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Vulqon otilishi vaqtida orolda 50 ga yaqin odam bo‘lgan. Ular orasida yangi zelandiyaliklardan tashqari, xorijiy sayyohlar ham bo‘lgan.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 18 kishi kuyish va turli og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan. Qurbonlar va jabrlanganlar orasida xorijliklar ham bor. Ta'kidlanishicha, orolda yana 27 kishi qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Vulqon 3,6 kmdan balandroqqa kul otgan.
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern politsiya va favqulodda xizmatlar fojiadan jabrlangan barchaga imkoni bor yordamni ko‘rsatayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Uayt-Aylend Yangi Zelandiyadagi yagona faol vulqon oroli bo‘lib, u oxirgi marta 2012 yil oxirida otilgan. Ushbu orolga dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
19:12 / 18.10.2025
Eronda 700 ming yil avval so‘ngan vulqon «uyg‘ondi»
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025