Almazbek Atamboyev sud-psixiatrik tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortdi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev sud-psixiatrik tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortdi. Bu haqda Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi rasmiy vakili Qunduz Joldubayeva deputat Irina Karamushkinaga asoslanib xabar berdi.
Joldubayevaning aytishicha, Atamboyev hibsda ushlab turilgan tergov izolyatoriga ruhshunos mutaxassislar kelgan, biroq sobiq prezident shifokorlarning savollariga javob berishdan bosh tortgan.
“Bugun Irina Karamushkina va Asel Koduranova ekspertizadan o‘tishdi. Ularning aytishicha, tekshiruv suhbat shaklida o‘tgan. Uning natijalari 10 kundan keyin tayyor bo‘ladi”, deb ma'lum qilgan Joldubayeva.
Ayni vaqtda Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi joriy yilning 7-8 avgust kunlari Qo‘y-Tosh qishlog‘ida Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish vaqtida yuz bergan tartibsizliklar va odamlarning garovga olinishi yuzasidan sudgacha tergov olib bormoqda. Ushbu ish bo‘yicha Almazbek Atamboyev va uning 15 tarafdoriga, jumladan Jogorku Keneshning ikki deputati - Irina Karamushkina va Asel Kodunarovaga psixiatrik tekshiruv tayinlangan.
Deputatlar Atamboyevning uyidagi voqealar vaqtida odamlarni garovga olishda ishtirok etishda gumon qilinmoqdalar. Ular sud qarori bilan uy qamog‘iga qo‘yib yuborilganlar.
Mavzuga oid
21:30 / 26.08.2022
Atamboyevga davolanish uchun Moskvaga borishiga ruxsat berilmadi
20:09 / 28.06.2022
Atamboyev tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
18:45 / 16.06.2022
Atamboyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
07:49 / 03.06.2022