Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazi faoliyati takomillashtiriladi
Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi hamda uning filiallari faoliyati takomillashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasida belgilab qo‘yilishicha:
Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tayanch uslubiy markazi hisoblanadi, u filiallariga uslubiy rahbarlik qiladi, ilmiy-uslubiy asoslarni, o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi.
Markaz o‘zining filiallari bilan birgalikda sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari buyurtmanomalari asosida kontingentning istiqbolli rejasini belgilaydi, kurslarni o‘tkazish rejasini tuzadi, ularni o‘tkazish joyi, malaka oshirish va qayta tayyorlashning turi va shakllarini aniqlaydi, o‘quv rejalari va ta'lim dasturlari mazmuni bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi.
Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
uzluksiz kasbiy ta'lim tizimida o‘rta tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari ustidan yagona tashkiliy va o‘quv-uslubiy rahbarlikni ta'minlash;
o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari hamda filiallari faoliyatiga zamonaviy jahon talablariga javob beradigan, xalqaro tajribaga asoslangan ta'lim jarayonini kiritish;
o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining elektron bazasini bosqichma-bosqich respublika bo‘yicha yaratish, Markaz va uning filiallarida onlayn qabul tizimiga o‘tish;
o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini malakasini oshirish va ixtisoslashtirish kurslarida o‘qitish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobga olishni ta'minlash;
o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarining o‘quv-uslubiy ishlarini tashkillashtirish, ularning faoliyatiga tashkiliy-amaliy va uslubiy rahbarlik qilish;
zamonaviy tendensiyalarga va sog‘liqni saqlashning amaliy ehtiyojlariga muvofiq o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida ilmiy-metodik hujjatlarni, ta'lim jarayonini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Belgilab qo‘yilishicha:
o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshiruvchi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tarkibidagi ta'lim muassasasi hisoblanadi;
markaz va uning filiallari xodimlariga Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi akademik litseylar, o‘rta maxsus professional ta'lim muassasalari uchun belgilangan me'yorlar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi.
Quyidagilar Markaz va uning filiallari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari 3-5 yilgacha bola parvarishi ta'tilida bo‘lganda budjet asosida, 5 yildan ortiq bola parvarishi ta'tilida bo‘lganda to‘lov - shartnoma asosida qayta tayyorlashdan o‘tishi belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Markaz va uning filiallari o‘qituvchilarini ishga qabul qilish va davriylik asosida attestatsiyadan o‘tkazish tartibini ishlab chiqadi;
Markaz va uning filiallari o‘qituvchilari malakasini oshirishni har 5 yilda bir marotaba 144 soat hajmda ishdan ajralgan holda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida tashkillashtiradi;
o‘rta tibbiyot xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish choralarini ko‘radi;
Markaz va uning filiallari ustavini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlaydi;
respublika hududlaridagi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini yagona andozada olib borilishini ta'minlash maqsadida malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi namunaviy o‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali tizim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etadi;
Markaz tizimida Direktorlar kengashini jamoatchilik asosida tashkil etadi hamda uning nizomini ishlab chiqadi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026