Özbekiston olimlarining tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etiş yiliga milliardlab sömni tejaş, jahon bozorida raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqariş, xususan, neft-gaz sohasidagi korxonalarda işlab çiqarişni mahalliylaştiriş dasturini muvaffaqiyatli amalga oşiriş imkonini beradi.
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligiga köra, bunday samarali innovatsion işlanmalardan biri – buğlanişning oldini oliş va rezervuarlardagi neft mahsulotlarining tösatdan olovini öçirişga möljallangan takomillaştirilgan suzuvçi pontonlar.


Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida belgilangan vazifalar yuzasidan ilmiy işlanmalar va izlanişlar olib borildi. Natijada mamlakatda ilk bor dunyoda öxşaşi bölmagan poliyetilentereftalatdan tayyorlangan yangi suzuvçi pontonlar ixtiro etildi va ularni işlab çiqariş texnologiyasi yaratildi.
Poliyetilentereftalat (PET) ponton neft mahsulotlari va gaz kondensatini qabul qiliş, uzatiş, saqlaş hamda rezervuarlarda tösatdan yonğin paydo bölganida öçiriş çoğida buğlaniş orqali yengil uglevodorodlar yöqotilişini bartaraf etişga möljallangan. Bunday ponton maxsus yonğinning oldini oluvçi, portlaşga qarşi eritma va inert gaz bilan töldiriladi.
Uning afzalligi şundan iboratki, u idişda rezervuardagi suyuq gaz kondensati ustki qismining 98 foizini qoplaydi. Şu bois uglevodorodlar buğlanişi keskin kamayadi. Bundan taşqari, pontonning har bir elementida yonğin öçirişning texnik yeçimi mujassam etilgan.
Bugungi kunga qadar temirli-qalquvçi konstruksiyali pontonlardan foydalanilardi. Ular korroziyaga çidamsizligi, çökib ketiş xususiyati, oğirligi va bir tomonga egilib ketişi bilan köp noqulayliklar tuğdiradi. Vaqt ötişi bilan ularning sirtida paydo böladigan pirofor qatlam esa portlaş va yonğinga olib kelişi mumkin edi. 2000 yili Kökdumaloq neft-gaz kondensati konidagi yonğin aynan pirofor qatlam tufayli yuzaga kelgan bölib, yonğin ulkan iqtisodiy va ijtimoiy-ekologik zarar keltirgan.
Yangi konstruksiyali pontondan foydalanilganda 2000 kvadrat metr hajmli rezervuarda yiliga 240 tonna yengil uglevodorod tejaladi. Hozirda suzuvçi pontonlardan foydalaniş böyiça tajriba-işlab çiqariş testlari muvaffaqiyatli ötib, ular “Özbekneftgaz” AJning gaz-neftni qayta işlaş korxonalariga joriy etildi.

















