Garvard universitetining Ösiş laboratoriyasi Iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) natijalarini e’lon qildi. Uşbu indeks asosida mamlakatlarning texnologik murakkablik va eksport xilma-xilligi böyiça reytingi tuzilgan.

Harvard Growth Lab’ning qayd etişiça, Özbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida öz örnini sezilarli darajada yaxşilab, sönggi 5 yil içida 25 poğonaga kötarilgan va 145 mamlakat orasida 80-örinni egalladi.
Reytingda, Turkiya 44-örin, Vetnam 53-örin, Qozoğiston 84-örin, Rossiya 94-örin, Tojikiston 124-örin, Turkmaniston 126-örinda qayd etilgan. Birinçi uçlikdan Şveytsariya, Yaponiya va Singapur örin olgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga köra, oxirgi yillarda Özbekiston iqtisodiyoti barqaror ösişni namoyiş etib, eksport yiliga örtaça 20,5 foizga oşmoqda. Bu mintaqaning boşqa mamlakatlaridagi ösiş sur’atlaridan ança yuqori. Şu bilan birga, xomaşyo resurslaridan taşqari tayyor mahsulotlar eksporti ham yiliga 21,9 foizga ösyapti.
Beş yil içida eksportning ösişiga örta darajada qayta işlangan sanoat tovarlari eng katta hissa qöşgan. Işlab çiqariş murakkab bölgan mahsulotlar orasida transport vositalari (89%), sanoat uskunalari (77%), elektrotexnika (59%) böyiça yuqori ösiş sur’atlari kuzatilgan.
Özbekiston özining eksport portfeliga 67 ta yangi mahsulot qöşdi. Bu 2,1 milliard dollar daromad keltirdi va diversifikatsiya hamda raqobatbardoşlikni oşiriş böyiça strategiya muvaffaqiyatli ekanini tasdiqladi. Uşbu mahsulotlar 2023 yilda aholi jon boşiga 59 dollar daromad keltirgan.
Harvard Growth Lab ötkazgan tahlilga köra, Özbekiston jahon bozorida raqobatbardoş ustunliklarga ega bölgan 162 turdagi mahsulotga ega.
2033 yilgaça iqtisodiy ösiş prognozlari
2033 yilgaça Özbekiston iqtisodiyotining örtaça yillik ösişi 5,6 foizni taşkil etişi kutilmoqda. Bu ösiş sur’atlari böyiça dunyoda ikkinçi örin hisoblanadi.
Keyingi ön yillikda Tojikistonda örtaça yillik ösiş sur’atlari 4 foizni, Qirğizistonda - 3,9 foizni, Gruziyada - 3,6 foizni, Qozoğistonda - 3,6 foizni, Armanistonda - 3,3 foizni, Bangladeşda - 3 foizni, Turkmanistonda - 2,7 foizni, Belarusda - 2,4 foizni, Ozarboyjonda - 2,2 foizni, Rossiyada - 1,1 foizni taşkil etadi.
















