The Washington Post naşrining yozişiça, Pensilvaniya ştati poytaxti Garrisberg şahrida ştat gubernatori, demokrat Joş Şapiro yaşaydigan rasmiy qarorgoh yoqib yuborildi. Hodisa sodir bölayotgan vaqtda gubernator uyda öz oilasi bilan birga bölgan.

Şapironing sözlariga köra, ular taxminan soat 2:00 da (MSK bilan 23:00) eşik qoqqan politsiyaçilar ovozidan uyğongan. Huquq-tartibotçilar uyda yonğin boşlanganini ma’lum qilişgan.

Şundan söng şahar yonğinçilik xizmati çaqirilgan, politsiya esa gubernator oilasini evakuatsiya qilgan. Şapironing ma’lum qilişiça, yonğin uyning bir qismini jiddiy şikastlagan.

Alanga qarorgohning istiqomat qilinadigan qismiga qarşi tomonda öçirilgan bölsa-da, keltirilgan zarar «katta» deb baholanmoqda. Politsiya hodisa yuzasidan tergov boşladi va yonğinni «qasddan öt qöyiş» sifatida baholadi. Gumondor hibsga olingani ma’lum qilinmoqda.