Jamiyat | 13:00 / 10.12.2019
10809
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Qishloq qurilish bank» Farg‘ona viloyatiga press-tur uyushtirdi

Foto: Qishloq qurilish bank

Aksiyadorlik-tijorat «Qishloq qurilish bank» jurnalistlar uchun navbatdagi press-turni Farg‘ona viloyatiga uyushtirdi. Unda 20 ga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Viloyatda ayni vaqtda «Qishloq qurilish bank»ning Farg‘ona mintaqaviy filiali, Qo‘qon, Marg‘ilon, Quva filiallari mijozlarga xizmatlar ko‘rsatmoqda. Press-tur doirasida jurnalistlarga viloyatdagi bank tuzilmalari erishayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ma'lumot berildi. Unda xizmatlar ko‘lami va bank mijozlari soni muttasil kengayib borayotgani qayd etildi.

Ishtirokchilar Farg‘ona viloyatida bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar bilan tanishdilar.

Dastlabki manzil Quvasoy shahri hududida faoliyat yuritayotgan «AGRO SERVICE ASIA» mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona bo‘ldi. Bankning mazkur mijozi muzlatgich omborxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va issiqxona qurish loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 4,6 mln AQSh dollari bo‘lib, shundan 2,6 mln AQSh dollari «Qishloq qurilish bank» tomonidan yo‘naltirilgan. Bank sarmoyasi hisobiga zamonaviy issiqxona barpo etilmoqda. Tashkil qilingan muzlatgich omborxonasidan yiliga 1 mlrd 800 mln so‘mlik daromad olish, issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlarni esa Rossiya Federatsiyasiga eksport qilish ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida jami 60 ta doimiy va 150 ta mavsumiy ish o‘rni yaratiladi. 

Jurnalistlar Toshloq tumanidagi «Vodiy Zamin Plast» MChJ faoliyati bilan tanishdilar. Korxonaning plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi uchun bank tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya ajratilgan. Bu mablag‘ga zamonaviy plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalari olib kelib o‘rnatilgan. Korxona yiliga 1 mlrd 500 mln so‘mlik mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotlar jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Joriy yilda Farg‘ona viloyatida 230 ta uy-joy qurilishi «Qishloq qurilish bank» tomonidan moliyalashtirilmoqda. Qurilayotgan uy-joylarning 204 tasi energiya tejamkor uylar hisoblanadi. Bunday uylarda ishlatiladigan barcha energiya tejovchi yechimlardan foydalanishdan tashqari yorug‘lik ehtiyojlarini energiya bilan ta'minlash uchun fotoelektrik quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Eng muhimi, bu uskunalar o‘rnatilishi bilan bog‘liq xarajatlar «Qishloq qurilish bank» hamkorlari tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan qoplanmoqda.

Ommaviy axborot vositalari vakillari Oltiariq tumani «Qapchug‘ay» massivida namunaviy loyihalar asosida qurilgan arzon va energiya tejamkor uy-joylarga tashrif buyurib, xonadon sohiblari bilan suhbatlashdilar. 

Dang‘ara tumanidagi «Urojay Vostoka» MChJning issiqxona tashkil etish loyihasi bilan ham tanishildi. Mazkur loyiha qiymati 44 mlrd so‘m bo‘lib, «Qishloq qurilish bank» filiali tomonidan 4 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan. Korxona yil davomida 6 mlrd so‘mlik mahsulot yetishtirishni va xorijga eksport qilishni rejalashtirgan. Eng muhimi, loyiha orqali 70 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

«Qo‘qon iqtisodiy zonasi» hududida faoliyat yuritayotgan «GLORIOUS BUSINESS» MChJning velosiped va uning ehtiyot qismlari ishlab chiqarish loyihasi ham katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Loyiha uchun 300 mln so‘m miqdorida bank mablag‘i yo‘naltirilgan. Natijada 50 ta doimiy ish o‘rni tashkil qilingan. 

Press-tur ishtirokchilari «Qishloq qurilish bank» Qo‘qon filiali yangi binosining ochilish marosimida ham ishtirok etdilar. Filial zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangan. 24/7 rejimida ishlaydigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ham qurilgan. Jurnalistlar Qo‘qon filialida mijozlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar va mijozlar bilan suhbatlashdilar.

Bunday press-turlar respublikaning boshqa hududlariga ham rejalashtirilmoqda.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid