Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 20ga yaqin yo‘nalishdagi avtobuslar harakati o‘zgardi
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqich qurilishlari doirasida yerosti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilmoqda.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan ta'mirlash ishlari yakuniga qadar hududdagi A.Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi o‘tish yo‘li avtotransport harakati uchun yopiladi.
Yuqoridagi manzildan harakatlanuvchi 5, 25, 36, 52, 60, 72, 82, 91, 95, 96, 97, 111, 119, 140, 149, 151, 152, 190, 198-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar yo‘nalish harakatini A.Donish ko‘chasidan Yangi shahar hamda A.Temur ko‘chalari orqali davom ettiradi.

Mavzuga oid
09:23
Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026