«Moody’s» xalqaro reyting agentligi «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi reytingini «Ba3» darajasigacha oshirganligini e'lon qildi
So‘nggi 3 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi va boshchiligida davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida, jumladan iqtisodiyot sohasida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda va bu o‘z navbatida sug‘urta bozorining jadal rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratmoqda.
Sug‘urta sohasini rivojlantirishda faol ishtirok etib, eksportni qo‘llab-quvvatlash, uni rivojlantirish, eksport faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini kengaytirish va sug‘urta himoyasini taqdim etishga qaratilgan O‘zbekiton Respublikasi Prezidenti Qarorlari bilan belgilangan Kompaniya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida, «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi o‘z faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasini va barqaror o‘sishini namoyish etmoqda.
Joriy yilning 5 dekabrida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi (AQSh) «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi moliyaviy barqarorligini «Barqaror» prognozi bilan «B1» dan «Ba3» darajasigacha oshirganligini rasman e'lon qildi.
Natijada, «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston bank-moliya sohasida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan «Ba3» moliyaviy barqarorlik reytingi taqdim etilgan birinchi kompaniya bo‘ldi.
«Moody’s Investors Service» ning Nyu-York (AQSh) shahrida joylashgan shtab-kvartirasi tomonidan 2019 yilning 5 dekabrida chop etilgan rasmiy press-relizida ma'lum qilinishicha: «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingi Barqaror prognozi bilan «Ba3» darajasigacha ko‘tarilgan. Reyting «O‘zbekinvest» kompaniyasining O‘zbekiston milliy sug‘urta bozoridagi kuchli pozitsiyasi hamda uning sug‘urta majburiyatlariga nisbatan yuqori kapitallashuviga egaligi bilan mustahkamlangan. Reytingning «Va3» darajasigacha ko‘tarilishi kompaniyani boshqarishning kuchayganligini bildiradi».
«Moody’s» xalqaro reytingining «Ba3» darajasigacha oshirilishi «O‘zbekinvest» kompaniyasining yuqori darajadagi moliyaviy barqarorligini va moliyaviy qaltisliklar past darajada ekanligi to‘g‘risida dalolat beradi.
Shuningdek, bu ko‘rsatkich «O‘zbekinvest» kompaniyasiga xalqaro sug‘urta bozorlariga keng miqyosida kirishi va shuning evaziga o‘zbekiston eksporterlariga, hamda O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalarga sug‘urta himoyasi bilan qo‘llab-qo‘vvatlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Joriy yilning 11 oylik faoliyat yakunlariga ko‘ra «O‘zbekinvest» kompaniyasi milliy sug‘urta bozorida yetakchilik pozitsiyasini mustahkamladi. Shu davr mobaynida 272 mlrd so‘m sug‘urta mukofoti yig‘ilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 176% ni tashkil etdi, shundan 230 mlrd so‘m (o‘sish 175%) korporativ mijozlar, 42 mlrd so‘m esa (o‘sish 2,1 marta) jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga kompaniyaning mijozlar bazasi 151% ga o‘sdi va 509,2 ming yuridik va jismoniy shaxslarni tashkil etdi.
Milliy tovar va xizmatlar eksporterlariga 866,0 mln AQSh dollari hajmida sug‘urta himoyasi taqdim etilgan bo‘lib, 2018 yil davomida esa bu ko‘rsatkich 9 mln AQSh dollarini tashkil etgan edi.
Kompaniyaning investitsiya portfeli 2018 yilning shu davriga nisbatan 115% ga o‘sgan va 891 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bundan 324 mlrd so‘m tijorat banklariga depozit mablag‘lari ko‘rinishida joylashtirilgan, 549 mlrd so‘mi esa yirik tijorat tuzilmalariga sarmoya shaklida kiritilgan.
2019 yilning 11 oyi mobaynida 10684 dona sug‘urta da'volari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 20,2 mlrd so‘m hajmida sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilgan, shu jumladan, milliy eksporterlarga 66,9 ming AQSh dollari to‘langan.
«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi o‘z faoliyatini, joriy yilning 10 iyulida Prezident Sh.M.Mirziyoyevning sug‘urta bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida belgilagan vazifalarni faol ravishda oshirishda davom etadi.
Xususan, kompaniya tomonidan eksport sug‘urtasi bo‘yicha xizmatlarni rivojlantirish va oshirish, aholi va biznes sub'yektlarining talablaridan kelib chiqqan holda innovatsion sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish, onlayn-sug‘urtani jadal ravishda kengaytirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, sug‘urtalanuvchilarning shaxsiy va mulkiy manfaatlarini ishonchli himoyalashga qaratilgan maqsad va vazifalar aniqlab olingan.
«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi Matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:04 / 04.11.2024
“O‘zbekinvest” kompaniyasi Lloyd’s of London bosh qarorgohida O‘zbekiston sug‘urta bozori taqdimotini o‘tkazdi
10:00 / 18.10.2024
“O‘zbekinvest” kompaniyasida “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi va “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
09:00 / 03.10.2024
Londondagi Chartered Insurance Institute “O‘zbekinvest” kompaniyasiga Xalqaro professional hamkor tashkilot maqomini berdi
10:00 / 30.08.2024