Jahon | 14:22 / 11.12.2019
9973
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya NATOning Boltiqbo‘yi bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z shartini aytdi

Mavlut Chovusho‘g‘lu

NATO Turkiyani terrorchilik tahdididan himoya qilish rejasini qabul qilmagunicha Anqara alyansning Boltiqbo‘yi davlatlarini himoya qilish bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ma'lum qildi.  

Avvalroq alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg NATO davlatlari alyansning Boltiqbo‘yi davlatlarini himoya qilish bo‘yicha rejasini ma'qullaganini ma'lum qilgandi. Anqara alyans Turkiyaning suriyalik kurd jangarilariga qarshi kurashida uni qo‘llab-quvvatlamagani uchun NATOning ushbu rejasini ma'qullashni rad etgandi.

"Biz Boltiq bo‘yicha qarorni rad etishga majbur bo‘ldik. Bizning rejamiz ham, Boltiq rejasi ham ma'qullanishi kutilmoqda. Bizning rejamiz ma'qullanmas ekan, boshqa reja ham ma'qullanmaydi. Ikkala reja ham bir vaqtda ma'qullanishi lozim. NATOning Boltiqni himoya qilish majburiyati bo‘lgani kabi Turkiyani ham himoya qilish majburiyati bor", - dedi Chovusho‘g‘lu Ahaber telekanali efirida.

U Turkiyaning xavfsizligi Boltiqbo‘yi mamlakatlarinikidan kam ahamiyatga ega emasligini ta'kidladi.

Mavzuga oid