Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh korporatsiyasi daryoni ifloslantirgani uchun 245 mln dollar to‘laydigan bo‘ldi
AQShning NCR korporatsiyasi Michigan shtatidagi Kalamazu daryosini ko‘p yillar davomida ifloslantirganlik uchun 245 mln dollar to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi bayonotida aytilgan.
Kompaniya daryoning 130 kmlik qismini tozalash uchun 135,7 mln dollar va qo‘shimcha xarajatlar uchun AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligiga 76,5 mln dollar to‘laydi. Bundan tashqari, 27 mln dollar daryoni muhofaza qilish jamiyatiga, 6 mln dollar shtat hukumatiga to‘lanadi.
Gap 1970-yillardan boshlab yuz bergan ifloslantirish haqida bormoqda. O‘shanda qog‘oz ishlab chiqarish sanoati polixlorlangan bifenillar saqlovchi chiqindilarni ommaviy ravishda daryoga tashlagan. Bu moddalar tez yo‘qolmaydigan organik ifloslantiruvchilar guruhiga kiradi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026