Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda «Ashrafi World Music–2019» xalqaro madaniy aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda
Buyuk o‘zbek kompozitori Muxtor Ashrafiyga bag‘ishlangan va O‘zbekistonda ko‘p yillik an'anaga aylangan xotira kechalari bu yil Buxoroda ham bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu xotira aksiyasi Buxoro viloyati va Buxoro shahri hokimligi tomonidan amalga oshirilgan.
Toshkent (11 iyun) va Qozonda bo‘lib o‘tkazilgan (12 iyun; ilk bor) xalqaro aksiya 11 dekabr kuni Buxoroda ham boshlandi va 13 dekabrgacha bo‘lishi rejalashtirilgan.
Buxoroning 350-yillik tarixiga ega mashhur Bozori gul ko‘chasida Muxtor Ashrafiy tavallud topgan uy peshtoqiga xotira taxtasi o‘rnatilib, aksiya doirasida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Shuningdek, Buxoro ixtisoslashtirilgan san'at maktabida «Muxtor Ashrafiy va jahon musiqasi» konserti o‘tkazildi. Dasturda – «Shashmaqom», buxorcha Mavrigi, Fikret Amirov, Mustafo Bafoyev va, albatta, buyuk maestro Ashrafiy asarlaridan namunalar shuningdek, Ashrafiy domlaga bag‘ishlangan djaz kompozitsiyasi, noma'lum romans, harbiy marsh ijro etildi. Ularga kompozitorning shogirdi, O‘zbekiston xalq artisti Sulaymon Shodmonov dirijyorlik qildi.

Konsertdan oldin Hindiston, Fransiya, Rossiya, Latviya, Isroil, Ukraina, Ozarboyjon, Tojikiston, Indoneziya va boshqa davlatlar elchixonalarining tabriklari o‘qib eshittirildi.
Toshkentdagi Ashrafiy uy-muzeyining bildirishicha, kelgusida shunga o‘xshash tadbirlar o‘z geografiyasini yanada kengaytiradi, yangi xalqaro loyihalar amalga oshiriladi, taniqli xorijiy jamoalar jalb etiladi. Shuningdek, Ashrafiyning Rossiya, O‘zbekiston va Tojikistondagi arxivlarda saqlanayotgan ba'zi noyob asarlari raqamlashtiriladi va muxlislarga taqdim etiladi. Yilning oxirigacha xarbiy orkestr Ashrafiy marshlarini yozib olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ashrafiy – Javoharlal Neru va Jamol Abdul Nosir xalqaro mukofotlari laureati, simfoniyalar, operalar, baletlar muallifi. Buyuk o‘zbek maestrosi urush yillarida Stalin mukofotidan voz kechib, pullarni aviaeskadriliya va tank kolonnasini qurilishiga sarflagan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026