Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda maxsus retsepsiz kuchli dori vositalarini sotgan dorixona ishchisi aniqlandi
Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti hamkorligida narkotik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘yicha olib borilgan tadbirlar davomida aniqlanishicha, Uchtepa tumani 14-mavzeda joylashgan MChJ ishchisi 24 yoshli F.E. maxsus retsept talab qilmasdan kuchli ta'sirga ega dori vositalarini sotuvi bilan shug‘ullangan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, dorixonani ko‘zdan kechirish vaqtida 193 ta “Regapen” tabletkalari, 140 flakon “Tropikamid” va 1100 ta tabletka “Karbamazepin” topildi.
To‘plangan ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (“Kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilishi masalasini hal qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Departamentga topshirilgan.
“Hurmatli fuqarolar! Dorixona ishchilari “Tropikamid” yoki “Regapen” dorilarini retsepsiz sotayotganligini guvohi bo‘lgan bo‘lsangiz, bu haqda 102 yoki 71-232-30-40, 71-232-40-50 raqamlariga xabar bering. Qonun doirasida chora ko‘riladi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026