Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov mablag‘lariga qurilgan majmua Rossiyadagi eng yaxshi sport obekti deb topildi
Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti va milliy terma jamoa bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonovaning gimnastika saroyi 2019 yil yakunlariga ko‘ra Rossiya sport vazirligi milliy sport mukofotining “Rossiya sport obekti” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.
Sport majmuasi qurilishi 2017 yil mayida boshlanib, 2019 yilda yakunlangan. Majmua 2019 yil 18 iyunda ochilgan. Uning qurilishiga milliarder Alisher Usmonov homiylik qilgan. Yangi arena uchun ilk musobaqa badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya chempionati bo‘lgan.
“Men badiiy gimnastikada va boshqa sport turlarida bolalar va kattalar o‘zlarini ko‘tarinki kayfiyatda his qilishlari uchun joy bo‘lishini anchadan beri orzu qilardim. Menda bu majmua qurilishida quruvchi, dizayner va prorab bo‘lish imkoniyati tug‘ildi”, deb aytgan Viner-Usmonova.
Sport majmuasiga Irina Viner-Usmonova nomi berilgan.
Milliy sport mukofoti 2010 yilda ta'sis etilgan bo‘lib, sportchilar, murabbiylar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislar professional faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025