Jahon | 21:28 / 13.12.2019
9931
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda ilk bor haydovchisiz yuk mashinasi 4500 kilometr masofani bosib o‘tdi

Foto: Plus.ai

18 tonna moy ortilgan, kamera, lazer va radarlar bilan jihozlangan haydovchisiz yuk mashinasi uch kun ichida Kaliforniyadagi Tular shahridan Pensilvaniyadagi Kvartaun shahrigacha bo‘lgan 4500 km masofani bosib o‘tdi.  

Kaliforniyadagi Plus.ai startapining yuk mashinasi kecha-yu kunduz, qor va yomg‘irda ham to‘xtovsiz harakatlandi.  

Har ehtimolga qarshi kabinada bo‘lgan haydovchi bir marta ham mashina ishiga aralashmadi. Haydovchisiz yuk mashinasi yo‘l qoidalari va yo‘l belgilariga rioya qilgan holda harakatlandi.  

Taxminlarga ko‘ra, 2022 yildan haydovchilarsiz yuk mashinalarida yuk tashish muntazam yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Analitiklarning hisob-kitob qilishicha, yuk tashuvlarini avtomatlashtirish Amerikadagi 300 mingga yaqin haydovchini ishsiz qoldirishi mumkin.

Mavzuga oid