Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining Osiyo va Yevropa davlatlariga eksporti ko‘paytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»ga qarori imzolandi.
Prezident qaroriga ko‘ra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, «O‘zstandart» agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, «O‘zagrokimyohimoya» AJ, «O‘zkimyosanoat» AJ bir oy muddatda meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining eksport geografiyasini kengaytirish, eksportdagi tarif va notarif barerlarni kamaytirish yuzasidan «yo‘l xarita»sini ishlab chiqib, tasdiqlaydi.
Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
· meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining turlari bo‘yicha noan'anaviy bozorlar, xususan, Xitoy, Koreya, Hindiston, Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksportni ko‘paytirish;
· xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan import bojlari va aksiz solig‘i stavkalarini qo‘llashda imtiyoz va chegirmalar berish to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazish;
· temir yo‘l, avtomobil va havo transportida yuklarni tashishda undiriladigan to‘lovlarni kamaytirish;
· xalqaro darajada tan olingan standartlar talablariga mos mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini ushbu standartlar talablari asosida qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar qamrovini kengaytirish, eksportbop mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sertifikatlash ishlarini jadallashtirish;
· «sog‘lomlik» sertifikati bo‘lmagan urug‘ va ko‘chatlarni import qilish hamda ekishni to‘xtatish;
· meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mineral o‘g‘itlar sotish va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizim tashkil etish, ularning faoliyatida ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishini ta'minlash;
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2020 yil 1 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.
Mavzuga oid
08:55 / 22.05.2026
Meva-sabzavot eksporti uchun yangi tartib joriy etildi
13:41 / 21.03.2026
Meva-sabzavot eksportchilari uchun fitosanitariya nazorati yengillashadi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026