O‘zbekiston | 20:00 / 13.12.2019
9089
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zsanoatqurilishbank Belarus Respublikasi rivojlanish banki bilan bazaviy qarz bitimini tuzdi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Bugun, 2019 yilning 12 dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank va Belarus Respublikasi rivojlanish banki o‘rtasida bazaviy qarz bitimi imzolandi.

Ushbu hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad – telekommunikatsiya, transport, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda Belarus-O‘zbekiston investitsion loyihalarini amalga oshirish, bunda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda Belarus Respublikasidan yuqori texnologik asbob-uskuna, tovar va xizmatlarni sotib olishni moliyalashtirishdan iboratdir.

Shuningdek, bitim savdoni moliyalashtirish va hujjatli operatsiyalar kabi jabhalarda banklar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va kengaytirishni nazarda tutadi.

– Biz Belarus Respublikasi rivojlanish bankidagi hamkasblarimizning o‘zaro manfaatli sherikchilik munosabatlarini kengaytirishdagi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz va buning uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, – deydi Bank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Zafar Azimov. Ishonchimiz komilki, mazkur hujjatning imzolanishi banklarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ma'lumot uchun. Belarus Respublikasi rivojlanish banki 2011 yilda tashkil etilganBankning asosiy faoliyati davlat dasturlarini moliyalashtirish tizimini rivojlantirish va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid