Rossiya mehnat migrantlari uchun kvotalarni keskin qisqartirdi
Rossiya hukumati xorijdan viza asosida kelib ishlaydiganlar uchun 105 mingta taklif kvotasini tasdiqladi. Kvota o‘tgan yilgiga nisbatan chorak qismdan ortiqqa qisqardi.
2019 yil uchun kvota 144 583 kishi deb belgilangandi, bu 2018 yildagiga nisbatan qariyb 20 foizga kamdir. 2020 yil uchun ishlash ruxsatnomalari 27 foizga qisqartirildi.
Qayd etilishicha, 2020 yil uchun ehtiyojning 96,5 foizini xorijlik malakali mutaxassislar tashkil etadi.
Rossiya vazirlar mahkamasining ma'lumotiga ko‘ra, bu qaror yirik investitsion loyihalar, jumladan, «Vostochniy» kosmodromi, «Sila Sibiri» gaz o‘tkazish quvuri, G‘arbiy Sibir neftekimyo majmuasi amalga oshirilishiga yordam beradi.
Xorijliklar Rossiyada yashashi va ishlashi uchun hukumat ruxsatnomasi talab qilinadi. 2003 yilda ushbu ruxsatnomani olish uchun viza talab qilinadigan davlatlar fuqarolariga, 2007 yilda esa vizasiz davlatlar fuqarolariga kvotalar joriy etildi. Vizasiz davlatlardan (ular orasida Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarboyjon) kelganlar Rossiyada ishlayotganlarning 80 foizga yaqinini tashkil etadi.
Mavzuga oid
17:51
Rossiyaning Samara oblastida migrantlar uchun patent narxi 1,5 baravar oshirildi
16:52
Rossiyaning Saxalin oblastida migrantlarga 24 ta sohada ishlash taqiqlandi
15:19
Sanoati rivojlangan mamlakatlarga migratsiya darajasi yangi cho‘qqiga chiqdi
19:33 / 13.11.2024