Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung bukiluvchi ekranli Galaxy Fold smartfonidan million dona sotishga muvaffaq bo‘ldi
Samsung kompaniyasi bukiluvchi ekranli Galaxy Fold smartfonidan 1 millionta sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda kompaniya prezidenti Berlinda o‘tgan TechCrunch Disrupt anjumanida ma'lum qildi.
“2 ming dollarlik bu smartfondan million odam foydalanishni istagan”, deb aytgan kompaniya prezidenti. Ta'kidlanishicha, Samsung dastavval 2019 yil oxirigacha ushbu modeldagi smartfondan 500 mingta sotishni mo‘ljallagan.
Janubiy Koreya kompaniyasi Galaxy Fold’ni 2019 yil fevralida taqdim etgandi. Savdolar boshlanishi aprelga belgilangandi, biroq kompaniya smartfon sinovlar vaqtida buzilib qolgani haqida shikoyatlar olgandan keyin uni sentyabrga qoldirgan.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026