Jamiyat | 17:00 / 15.12.2019
6281
2 daqiqa o‘qiladi

Standartga javob bermaydigan 5,6 ming dona tarozi to‘xtatib qolindi

Bojxonachilar davlat standartlariga javob bermaydigan umumiy qiymati 560 million so‘mlik 5600 dona elektron tarozini to‘xtatib qolishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari xorijdan poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga kelgan tarozilar «Sirg‘ali» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi.

Natijada, umumiy qiymati 560 million so‘mlik 5600 dona elektron tarozi tovarlarining TIF TN kodlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi hamda mazkur tovarlar «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasining xatiga asosan davlat standartlariga javob bermasligi aniqlandi», deyiladi xabarda.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid