Jahon | 07:49 / 15.12.2019
9667
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya AQShga Patriot tizimlarini sotib olish taklifini yo‘lladi

Foto: US Army

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Anqara AQShga Patriot raketalar hujumidan mudofaa tizimini sotib olish taklifini yo‘llaganini ma'lum qildi. Bu haqda “RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi. 

Chovusho‘g‘luning aytishicha, Turkiya hamon AQShga o‘z ittifoqdoshi deb qaraydi. 

Diplomatning ta'kidlashicha, Rossiya bilan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olish bo‘yicha bitim bekor qilina olinmaydi.

“Rossiyaning taklifi nafliroq edi va biz uni qabul qildik. Hozir AQShdan Patriot tizimini sotib olishga tayyormiz va ularning javobini kutmoqdamiz”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu. 

Shu bilan birga vazir AQSh Turkiyaga S-400 tufayli sanksiyalar kiritsa, Anqara javob berishiga to‘g‘ri kelishini qo‘shimcha qilgan.

Bu orada AQSh senatining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Turkiyaga S-400 majmualarini sotib olganlik va Suriyada harbiy amaliyot o‘tkazganlik uchun sanksiyalar kiritishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ma'qulladi. Unga ko‘ra, Anqaraga AQSh qurolini sotishni cheklash va Suriyadagi turk harbiylariga qurol yetkazishni nazorat qiluvchi amaldorlarga qarshi sanksiyalar kiritish rejalashtirilgan. Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun kongressning ikki palatasi tomonidan ma'qullanib, so‘ngra AQSh prezidenti tomonidan imzolanishi lozim.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid