Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV: yo‘lda qolib ketgan 18 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi
Joriy yilning 14 dekabr kuni soat 8:31da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga «G‘allaorol-Qo‘ytosh 4R» yo‘lining 42-kilometrida qorning ko‘p yog‘ishi oqibatida avtobus va yengil avtomobillar yo‘lda qolib ketganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.

FVV xabariga ko‘ra, mazkur murojaat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga chiqib ketgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida ISUZU rusumli avtobus, Cobalt va «Volga» rusumli yengil avtomobillar salonidagi 18 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi.

«Bu orqali qutqaruvchilar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana bir ko‘ngilsiz holatning oldini oldilar», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
19:23 / 22.03.2026
Boysunda jarlikka tushib ketgan ayol qutqarildi
08:39 / 18.03.2026
Jizzaxda klaster fermerlarni “yutib yuboryapti” - hisob hozircha 195:0
18:06 / 17.03.2026