Ayrim joylarga işga kirişda talab etiladigan psixonevrologik, narkologiya va teri-tanosil dispanserlari tomonidan beriladigan ma'lumotlarni davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiş masalasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bir yil oldin kötarilgan. Biroq agentlik direktori Xalilillo Töraxöjayevning aytişiça, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan uşbu tizimda integratsiya yetarliça amalga oşirilmagani sababli haligaça bu masalaga yeçim topilmagan.
«Bu masalani allaqaçon kötarganmiz. Bungayam bir yilça böldi. SSV tomonidan dispanserlarning integratsiyasi amalga oşirilmagani sababli işlar töxtab qolgan. Haligaça bu borada elektron baza şakllantirilmagan. Respublikamizdagi davlat idoralari bilan boğliq eng katta muammo bu – elektron bazaning şakllanmaganidir. Psixonevrologik, narkologiya va teri-tanosil dispanserlari tomonidan beriladigan ma'lumotlarni davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiş yölga qöyilsa, xalqimizga juda katta yordam bölardi. Hozirça bu böyiça işlayapmiz. Menimça, 2020 yilning mart oylarida buni işga tuşiramiz», deya Xalilillo Töraxöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat xizmatlari agentligi direktori örinbosari Nö'mon Muhammadiyev bu masala atrofliça örganib, tahlil qilinganini ta'kidladi. Uning aytişiça, dispanserlar tomonidan hisobga oliş tartibi haligaça qoğoz körinişida bölib, ma'lumotlar bazasi töliq elektronlaştirilmagunça, barça ma'lumotlar elektron raqamlaştirilmagunça, uşbu xizmatni davlat xizmatlari markaziga ötkazib bölmaydi.
«Bu borada Soğliqni saqlaş vazirligi bilan iş ketyapti. Prezidentning tegişli 4193-sonli qarori çiqdi. Qarorda juda köp masalalar, jumladan, dispanserlarda hisobda turadiganlar haqidagi ma'lumotlarni elektron körinişga ötkaziş körsatib ötilgan va buning uçun ikki yil muddat berilgan. Qoğozlardagi ma'lumotlar elektron körinişga ötkazilgandan keyin mazkur ma'lumotlarni beriş davlat xizmatlari markazlari ötkaziladi», deydi Nö'mon Muhammadiyev.
Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidentining 2019 yil 15 fevraldagi «Davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimini yanada kompleks rivojlantiriş çoralari haqida»gi 4193-sonli qarorida soğliq holati töğrisida ma'lumotnoma taqdim qiliş zaruriyatini bekor qiliş, soğliq elektron kartalarini yuritiş böyiça axborot tizimini yaratiş va joriy qiliş, davlat xizmatlarini körsatiş jarayonida iştirok etadigan tibbiyot muassasalarining barça obektlarini zamonaviy kompyuter texnikasi va boşqa texnik vositalar (qurilmalar) bilan jihozlaş, şuningdek optik tolali aloqa kanallariga ulaşni ta'minlaş, soğliq holati (şu bilan birga dispanserlarda röyxatda turganligi) haqidagi ma'lumot beruvçi veb-servis işlab çiqiş va idoralararo ma'lumot almaşinuvi platformasiga ulaş, davlat xizmatlarini körsatiş uçun zarur bölgan axborot va ma'lumotlarning elektron bazalarini şakllantiriş hamda davlat xizmatlarini körsatişda foydalaniladigan tegişli axborot resurslaridan foydalaniş imkoniyatini taqdim qiliş












