Parlament yuqori palatasining ön ikkinçi yalpi majlisida senatorlar Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga özgartirişlar  kiritiş  töğrisidagi masalani körib çiqdi.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandiga va «Özbekiston  Respublikasi Oliy Majlisining Senati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinçi qismining 3-bandiga muvofiq, Halilillo Sobirjonoviç Töraxöjayevni lavozimda bölişning muddatsiz davriga Özbekiston Respublikasi Oliy cudi raisining örinbosari – fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimiga saylaş töğrisida qaror qabul qilindi. 

Şuningdek, mazkur qaror bilan Luqmon Muxtaroviç Qodirov, Tal'atjon Baxtiyoroviç Meliboyev va Abdurasul Ğapporoviç Eranov boşqa işga ötgani munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Xalilillo Sobirjonoviç Töraxöjayev 1972 yil 21 yanvarda Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, huquqşunos, 1-darajali adliya maslahatçisi. 

U 1997 yil Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda Toşkent şahar Hamza tumani sudining kureri lavozimida işlaşdan boşlagan. 

1992-2008 yillar Özbekiston Respublikasi sud tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

2008-2014 yillarda Özbekiston Respublikasi prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça davlat maslahatçisi xizmatining adliya va sud idoralari faoliyati masalalari böyiça yetakçi inspektori, Sud tizimi faoliyati masalalari böyiça yetakçi inspektori, 2014-2017 yillarda Fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudining raisi, 2017 yil 12 apreldan 12 dekabr kuniga qadar Özbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati davlat maslahatçisining örinbosari, birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan. 

Xalilillo Töraxöjayev 2017 yildan 2020 yilgaça Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida işlagan.

2020 yil iyundan 2021 yil yanvarigaça Özbekiston prezidentining farmoni bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining raisi lavozimida faoliyat