Xalilillo Töraxöjayev Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi raisi lavozimiga ötişi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda.
Xalilillo Sobirjonoviç Töraxöjayev 1972 yil 21 yanvarda Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, huquqşunos, 1-darajali adliya maslahatçisi.
U 1997 yil Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda Toşkent şahar Hamza tumani sudining kureri lavozimida işlaşdan boşlagan. 1992-2008 yillarda sud tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
2008-2014 yillarda Özbekiston Respublikasi prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça davlat maslahatçisi xizmatining adliya va sud idoralari faoliyati masalalari böyiça yetakçi inspektori, Sud tizimi faoliyati masalalari böyiça yetakçi inspektori, 2014-2017 yillarda Fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudi raisi, 2017 yil 12 aprelidan 12 dekabriga qadar prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati davlat maslahatçisi örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan.
Xalilillo Töraxöjayev 2017 yildan 2020 yilgaça Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida işlagan. 2020 yil iyundan 2021 yil yanvarigaça Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining raisi lavozimida faoliyat körsatgan.
2021 yil fevralida Oliy sud raisining örinbosari — Fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlangandi.
- Ma’lumot uçun, Raqobat qömitasi raisi lavozimi 2023 yil noyabrida Şohrux Şorahmedov ketganidan buyon böş qolmoqda.
- Bundan oldinroq, 21 iyun kuni Senat yalpi majlisida Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi raisini saylaş masalasi körib çiqilişi xabar qilingandi.












