Raqobat qömitasiga yangi rahbar tayinlangaç, qömita faoliyatida jonlaniş kuzatilmoqda. Oxirgi bir neça hafta içida qömita bir qator korxonalarni raqobat yoki reklama töğrisidagi qonunçilikni buzgan deb topib, ularga nisbatan çora kördi.
Töxtab qolgan lift importi – hukumatga takliflar berildi
Qömita dastlab lift importining sun’iy tarzda töxtatib qöyilgani yuzasidan hukumatga murojaat qildi. 4 oydan beri töxtab turgan lift importi tiklanmasa, bu mahalliy işlab çiqaruvçining foydasiga işlab, sohada salkam monopoliyani yuzaga keltiradi. Monopoliyaga qarşi organ bu vaziyatda importyor korxonalarning bekor qilib yuborilgan muvofiqlik sertifatlarini tiklaş, liftlarni sinovdan ötkazişga xususiy sektorni jalb qilişni ilgari surdi. Hozirça bu takliflarga hukumat idoralari oçiq munosabat bildirganiça yöq.
“Lukoyl” keysi
Raqobat qömitasi lift bozoridan taşqari, texnik oltingugurt bozorida ham narxlar sezilarli oşganiga e’tibor qaratdi. Qömitaning örganişlariga köra, yuqori darajada monopollaşgan va narxlari birjada belgilanadigan oltingugurt örtaça 10 foizdan 50 foizgaça qimmatlaşib ketgan. Bu esa zanjir reaksiyasi orqali boşqa tovarlarning ham narxi oşişiga olib keladi. Qömita örganişlari natijasiga köra, Rossiyaning “Lukoyl” şirkati şu’basini özining bozordagi ustun mavqeyini suiiste’mol qilgan deb topdi. Ya’ni monopolistlar reyestridagi kompaniya birjaga ataylab kam mahsulot çiqariş orqali, narxlar oşişiga erişgan. Endilikda qömitaning talabiga köra, “Lukoyl” asossiz olgan daromadini qaytarişi kerak. Biroq kompaniyaning bu talabga munosabati hozirça ma’lum emas. Talab rad etilgan taqdirda masala sudda hal qilinadi.
“Maksam-Çirçiq” keysi











