Jamiyat | 11:35 / 17.12.2019
14870
5 daqiqa o‘qiladi

G‘azalkentda Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi qozoq millatiga mansub saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bu yilgi saylovlar o‘zgacha ruhda o‘tayotganligini har bir ovoz uchun partiyalar o‘rtasida jiddiy kurash ketayotganligidan ham bilib olsa bo‘ladi. Shu sababdan, "Adolat" SDP ham saylovchilar o‘rtasida turli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun G‘azalkentlik saylovchilar bilan bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Umid Shoumarov G‘azalkentlik saylovchilar bilan uchrashdi.

Toshkent viloyat Qozoq milliy madaniy markazi hamkorligida Bo‘stonliq tumani G‘azalkent shahridagi “Fayz” to‘yxonasida tashkillashtirilgan manaviy-ma'rifiy tadbir va saylovchilar bilan uchrashuv qizg‘in ruhda bo‘lib o‘tdi.

 “Adolat har bir inson uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda partiya faollari, deputatlar, deputatlikka nomzodlar, shuningdek Qozoq milliy madaniy markazi vakillari, keng jamoatchilik va partiya xayrixohlari ishtirok etdilar.

22 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik ko‘rish va unda siyosiy partiyalarni qo‘llab - quvvatlash maqsadida tashkil etilgan anjumanni “Adolat” SDP Toshkent viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatligiga nomzod Umid Shoumarov ochib berdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga partiya saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan asosiy g‘oya va maqsadlar, muhim yo‘nalishlar haqida ma'lumot berib o‘tdi.

Xususan, dasturidan o‘rin olgan sog‘liqni saqlash tizimiga “aqlli tibbiyot” joriy etish, sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori-darmon vositalarining oldini olish, dorilar narxidagi tafovutni yo‘qotish shuningdek, oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini bekor qilish, shartnoma bo‘yicha o‘qish imkoniga ega bo‘lgan yoshlarni oliy o‘quv muassasalariga kirish imtihonlarisiz qabul qilish hamda sud tizimini yanada takomillashtirish, sohada ochiqlik va oshkoralikni ta'minlash, aholining iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, mehnat va bandlik, daromadlarning adolatli taqsimlanishi, ijtimoiy xavfsizlik va mehnat muhofazasi kabi maqsadlarni amalga oshirishga partiya tomonidan alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng tadbir qatnashchilari qozoq milliy taomlari va kuy qo‘shiklaridan bahramand bo‘ldilar. Qozoq milliy madaniy markazi tomonidan tashkillashtirilgan raqs va qo‘shiqlar davra qatnashchilariga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.

O‘zbekistonda boshqa millat vakillariga yaratilgan qulayliklar va saylov jarayoni haqida mahalliy aholi vakillari ham fikr bildirishdi:

Jumladan Qozoq madaniyat markazi rahbari Nazir Abduraimov: "Shaxsan men“Adolat” SDPni tanladim. Boisi, bu partiya juda muhim masalalarda to‘g‘ri yechimlarni ko‘rsatayapti" degan bo‘lsa, shu markazning boshqa vakilasi Aziza Dusenova partiyaning adolatlilik g‘oyasi, barchaning qonun oldida tengligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan qonunlar, shuningdek, ta'lim sohasidagi izchil islohotlarning tashabbuskori sifatida Adolat SDP ni tanlaganligini ta'kidladi. "Dastur loyihalari menga ma'qul keldi. Sizlarni ham shu partiya vakillariga ovoz berishga chaqiraman".—dedi u.

Tadbir so‘ngida Umid Shoumarov barcha qatnashchilarga partiya nomidan esdalik sovg‘alarini topshirdi va yana bir bor barchani saylovlarda faol bo‘lishga chorladi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP 
Toshkent viloyat Kengashi 
Matbuot xizmat

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid