Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan bolalarning musiqa va san'at maktablarida o‘qishi davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Tegishli qaror loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2015 yil 22 dekabrdagi PQ–2455-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, hujjat 36-ilovasining 12-bandi «Eslatma»si quyidagi mazmundagi 1-1- band bilan to‘ldiriladi:
«1-1. Nogironligi bo‘lgan bolalarning musiqa va san'at maktablarida o‘qitilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi».
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar musiqa va san'at sohasida bolalarning ta'lim olishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida bir kalendar yil mobaynida musiqa va san'at yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro (1 - 3-o‘rinlar) va respublika (1-o‘rin) tanlovlarida g‘olib bo‘lgan bolalarni hamda kam ta'minlangan oilalardan bo‘lgan bolalarni o‘qitish, o‘quvchilar umumiy kontingentining 25 foizdan oshmaydigan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
12:24 / 12.04.2026
“Gapira olmasa ham baxtliman” – matonatlilar oilasi haqida hikoya
19:55 / 11.03.2026
Nogironlar uchun onlayn platforma tenderida shubhali holatlar aniqlandi
20:20 / 03.03.2026