Onlayn auksionda 3,5 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
2019 yilning 9 - 15 dekabr kunlari “O‘zRTXB” AJda 902,7 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 5,1 foizga yuqori. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 378,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Jumladan, birja savdolarining hajmi 721,6 mlrd so‘mdan 762,9 mlrd so‘mga oshdi. Valuta savdo maydonchasi orqali deyarli 916,6 ming AQSh dollarga teng tovarlar sotildi. Eksportning tarkibida pirolizli gazolin ulushi 50 foiz, sanoat moyi ulushi 26 foiz, polimer mahsulotlari 20 foiz va boshqa mahsulotlar ulushi 4 foizni egalladi.
Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 23,4 foizga o‘sib, 36,6 mlrd so‘mga yetdi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 12,3 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 33,7 foizini egalladi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 776 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 18,4 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47,4 foizi ikkinchi va 34,1 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Mavzuga oid
11:38 / 13.11.2024
Toshkentda pulli "parkovka"lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024
Toshkentda 230 ta qoidabuzarlik qilgan ayol haydovchining Lacetti’si xatlanib, auksionda sotib yuborildi
13:25 / 21.05.2024