Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari»: qo‘riqlanadigan yuklar uchun yig‘im miqdori oshiriladi
2020 yilning 1 yanvaridan boshlab qo‘riqlanadigan yuklar uchun yig‘im miqdori oshiriladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu moliyaviy intizomni mustahkamlash va temiryo‘l transportida tashiladigan tovarlar xavfsizligini ta'minlash, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda eng kam ish haqi miqdorining oshishi oqibatida harbiylashtirilgan naryadlar tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan yuklarni qo‘riqlash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘payishi munosabati bilan joriy etilmoqda.
Yangi yig‘im miqdori quyidagicha belgilangan:
qo‘riqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan yuklar ro‘yxatiga kiritilgan va TexPDga ko‘ra to‘lov bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy, eksport va import tovarlarga 1 vagon-km va konteyner-km (QQS tashqari) uchun – 414 so‘m;
qo‘riqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan yuklar ro‘yxatiga kiritilgan va ekspeditorlik tashkilotlar orqali to‘lov bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida 1 vagon-km va konteyner-km (QQS bilan birga) uchun – 0,11 AQSh dollar.
Shu tariqa, harbiylashtirilgan naryadlar tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan vagonlar soni 1 tadan 5 tagacha bo‘lsa, yig‘ish stavkasi – 414 so‘m/vagon-km (QQSdan tashqari) tashkil etadi. Vagonlar soni 5 tadan ortiq bo‘lsa – 394 so‘m/vagon-km (QQSdan tashqari) bo‘ladi. Agar qo‘riqlanadigan vagonlar soni, yalpi og‘irligi 3 tn, 5 tn, 20 tn, 40 tn bo‘lsa, yig‘ish stavkasi – 414 so‘m/ kont-km (QQSdan tashqari) tashkil etadi.
Mavzuga oid
10:31 / 30.04.2025
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston yo‘nalishida yuk tashuvchilar ogohlantirildi
17:58 / 03.02.2025
Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi
07:21 / 11.01.2025
Ayrim sanoat mahsulotlari uchun “Karbon yig‘imi” tizimi joriy etiladi
10:40 / 23.10.2024