Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston yo‘nalishida yuk tashuvchilar ogohlantirildi
O‘zbekiston Transport vazirligi yuk tashuvchilarni Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha ruxsatnomalardan noto‘g‘ri foydalanish holatlari haqida ogohlantirdi.
O‘zbekiston Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar rahbarlariga Xitoy — Qirg‘iziston - O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha tashishlarda ko‘p tomonlama ruxsatnomalardan foydalanish qoidalariga amal qilish zarurligini eslatdi.
Ushbu blankalar faqat Toshkent - Andijon - O‘sh - Irkeshtom - Qashg‘ar yo‘nalishida belgilangan chegara o‘tkazish punktlari orqali va teskari yo‘nalishda yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan. Ular uch mamlakat o‘rtasidagi transport yo‘lagini rivojlantirish doirasida chiqarilgan.
Biroq so‘nggi paytlarda ruxsatnomalardan noto‘g‘ri foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Ayrim korxonalar ulardan butun yo‘nalish bo‘ylab emas, faqat Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida yuk tashish uchun foydalanmoqda.
Vazirlik aynan ushbu holatda ishlatilgan ruxsatnoma blankalari maqsadsiz foydalanilgan hisoblanishi va kelgusida ushbu korxonalarga shu turdagi ruxsatnoma blankalarining taqdim etilishi cheklanishi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026
Xitoy energiya sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
00:34 / 12.07.2026