O‘zbekistonlik mutaxassislarga Yaponiyaning yetakchi korxonalarida malaka oshirish imkonini beruvchi memorandum imzolandi
2019 yil 17 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Yaponiyaning Adliya, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va farovonlik, Tashqi ishlar vazirliklari hamda Yaponiya milliy politsiya agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabarida aytilishicha, unga ko‘ra ikki davlat “maxsus malakali ishchilar” maqomiga ega bo‘lgan xorijiy mehnat resurslarini ishga qabul qilish tizimini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Memorandumning asosiy maqsadi maxsus malakali ishchilarni yuborish, qabul qilish va Yaponiyada ro‘yxatdan o‘tkazish masalalarini hal qilish xamda ushbu jarayonlarning muntazamligi va shaffofligini ta'minlashdan iborat.
Bugungi kungacha Yaponiya hukumati tomonidan faqat 9ta davlatning malakali ishchilarini Yaponiyada faoliyat olib boruvchi yetakchi korxonalarga olish uchun ruxsat berilgan. Muzokaralar natijasida O‘zbekiston Respublikasiga xam shunday imkoniyat yaratildi va 10 davlat sifatida dastur ro‘yxatiga qo‘shildi.
Yangi imzolangan memorandumga ko‘ra, Yaponiyaga yuborilayotgan maxsus malakali mutaxassislar eng avvalo, o‘z sohasi bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganishi mumkin. Bu keyinchalik Yaponiyada orttirilgan tajribani O‘zbekiston rivoji uchun qo‘llash imkonini beradi.
Memorandum shartlariga ko‘ra, yuborilayotgan mutaxassislar yapon tilini bilish darajasi bo‘yicha imtihon sinovlaridan va egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyot imtihonidan o‘tib, 5 yilgacha bo‘lgan muddatda kelishuv asosida o‘zlari tanlagan korxonada faoliyat olib borishlari, kelishilgan holda ish joylarni almashtirishlari, shu bilan birga, Yaponiya fuqarolari bilan bir xil mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoyalangan holda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.
Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun vakolatli organlar sifatida Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligining yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi belgilandi.
Mavzuga oid
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024