07:40 / 18.12.2019
0
7212

O‘zbekistonda biologik xavfsizlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda

Foto: Shutterstock

“Biologik xavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF–5863-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha mo‘ljallangan atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini 2019 – 2021 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 11-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

davlat organlarining biologik xavfsizlik sohasidagi vakolatlarini belgilash;

biologik xavfsizlikni kuchaytirish;

tabiiy turkumlar va qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan begona turlarni olib kirish va tarqatish ustidan nazorat qilish;

tarkibida jonli modifikatsiyalashtirilgan organizmlar va genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar bo‘lgan organizmlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, sotish va tarqatish ustidan nazorat qilish.

Mas'ul ijrochilar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 1 oktabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 1 noyabr.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top