Ruslanbek Davletov muhokamaga qo‘yilayotgan ayrim hujjat loyihalari davlat tilida emasligiga munosabat bildirdi
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
«Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi tadbirda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyiliga rioya etilishini ta'minlash, sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish, advokatning dalillar to‘plash va taqdim etish huquqini kengaytirish, ularning kafolatlarini ta'minlash, jinoiy va jinoiy-protsessual qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan, iqtisodiy jinoyatlar sohasidagi normalarni erkinlashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ayrim qonun hujjatlari o‘zbek tilida emas, balki boshqa tilda muhokamaga qo‘yilayotgani haqidagi savolga javob qaytardi.
«Davlat tili o‘zbek tili. Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza uchun taqdim etilayotgan hujjat loyihalari davlat tilida bo‘lmasa qabul qilinmaydi. Shuni aytish kerakki, hujjat loyihalari avval ma'lum vazirliklar tomonidan ishlab chiqilib, so‘ng muhokamaga qo‘yiladi. Davlat tili uchun Adliya vazirligi javob bermaydi, bizda buning uchun vakolat ham yo‘q, o‘zimiz davlat tili bo‘yicha talab bilan chiqyapmiz», - dedi Ruslanbek Davletov.
Mavzuga oid
12:02 / 26.07.2024
Estoniyada ta’lim tizimi xodimlariga eston tilini bilish talabi yuklanadi
11:25 / 28.06.2024
Ayrim yoshlar til o‘rgangani uchun moddiy rag‘batlantiriladi
13:42 / 21.06.2024
Britaniya mehnat bozoriga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolariga til o‘rgatish markazlari tashkil etiladi
07:40 / 27.04.2024