Light | 21:00 / 19.12.2019
14900
4 daqiqa o‘qiladi

Bolaning matematik muvaffaqiyatlari uning ona tiliga qanchalik bog‘liq?

Insonning gapirishni, o‘qish, yozish va hisoblashni o‘rganuvchi ona tili va matematikada erishgan yutuqlari bir-biriga qanday bog‘langan? Olimlar matematik qobiliyatlar o‘ta individual ekanligini bir necha bor isbotlashdi, ammo, aniqlanishicha, ushbu iqtidor odamning qaysi tilda gaplashishiga bog‘liq ekanligi ayon bo‘ldi. Gap shundaki,  u yoki boshqa raqamni so‘zma-so‘z ifodalash hamma tillarda ham sodda va tushunarli emas va shuning uchun bolalikda egallanadigan hisoblash amallari hammada ham vaqt o‘tishi bilan matematika va aniq fanlarni o‘rganishga bo‘lgan muhabbatni yuksaltirmaydi.

Ingliz olimlari bu haqda 200 yil oldin fikr yuritishgan, ularning zamonaviy hamkasblari esa mavjud taxminlarni tasdiqlashdi, xolos. Izlanuvchilar u yoki bu raqamlar turli Yevropa tillarida qanday talaffuz qilinishini taqqoslashdi va harfli ifoda ularning matematik mohiyatiga qanchalik mos kelishini taqqoslashdi. Ma'lum bo‘lishicha, ba'zi tillarda hammasi juda sodda, mantiqiy va shuning uchun bolalar uchun tushunarli. Boshqalarida esa 1dan 100gacha bo‘lgan raqamlarning qadimgi zamonlardan beri qiyinlashib kelgan, har doim ham zamonaviy bolalar tomonidan tushunib yetilmaydigan murakkab belgilanishi bilan ajralib turadi. Shu sababli, ular matematikada tushunmovchilik kelib chiqishi manbai bo‘lishi mumkin.

Ba'zi tillarda raqamning nomi uning tuzilishini aks ettirmaydi. Masalan, daniyalik «90» demoqchi bo‘lsa so‘zma-so‘z aytishi kerak: to‘rt yarim marta «20». Bu juda noqulay ibora va biroz chalkash, shunday emasmi? Shunga o‘xshash holat fransuz va u bilan umumiy kelib chiqish va shunga mos ravishda nomlarning qadimiy nomlanish tizimiga ega bo‘lgan boshqa Yevropa tillarida yuzaga kelgan. Niderlandiyada ikki xonali raqamlarni belgilash tizimi yanada chalkash. «48»ni ifodalash uchun avval «8», keyin «40» deyish kerak. Bu bolalarda sonlar tarkibini yodlash va umumiy tushunishga oid qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.

Bunga javoban, olimlar xitoy yoki yapon raqamlaridan misollar keltirishdi. Bu yerda hamma narsa hayratlanarli darajada aniq, ravshan va tushunarli, har bir raqam o‘z mohiyatini to‘liq aks ettiradigan o‘z mantiqiy nomiga ega. 

Nazariyani sinab ko‘rish uchun olimlar turli mamlakatlarning yosh bolalaridan raqamlarning tuzilishi bo‘yicha oddiy matematik vazifalarni bajarishni, masalan, o‘nlik va birliklardan turli xil raqamlarni tashkil etishni so‘rashdi. Natija oldindan taxmin qilinganidek bo‘ldi: AQSh va Fransiyadagi bolalar Yaponiya va Janubiy Koreya yosh matematiklariga qaraganda topshiriqni yomonroq bajarishdi - g‘oliblar oddiy ifodalash tizimi tufayli raqamlarning tarkibi va tuzilishini aniq bilishadi.

Mavzuga oid