Po‘lat Bobojonov: «IIV xodimlarining noo‘rin xatti-harakatlari ustidan Call-markaziga murojaat qilish mumkin»
O‘zbekistonliklar ichki ishlar xodimlarining noo‘rin xatti-harakatlari ustidan 1102 raqamli Call-markaziga murojaat qilishlari mumkin. Markaz uzluksiz 24 soat faoliyat ko‘rsatadi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan «Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - xalq farovonligi va davlat taraqqiyotining kafolati» mavzusida munozara klubida aytib o‘tdi.
Ichki ishlar vazirining ta'kidlashicha, tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida 70 foiz shaxsiy tarkib maqbullashtirilib, asosiy shaxsiy tarkib quyi bo‘g‘inlarga tushirilgan. Jumladan, Toshkent shahrida 85 foiz, boshqa hududlarida esa 70 foizgacha shaxsiy tarkib quyi tizimlarga tushirilgan. Shuning hisobiga respublikada qo‘shimcha 317ta ichki ishlar bo‘linmasi tashkil etilgan. Profilaktika inspektorlari soni 25 foizga ko‘paytirilib, xotin-qizlar bilan ishlovchi 360 nafar ayol inspektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
«Joylarda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyat qidiruv, tergov, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarini joriy etish orqali aholi uchun yaqindan xizmat ko‘rsatadigan tizim yaratildi. Bevosita mahallalarning o‘zida jinoyatchilikni jilovlash va har qanday huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabat shakllantirish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun profilaktika inspektorlarining soni 25 foizga ko‘paytirildi. Natijada ular tomonidan shahar sharoitida 2,5 ming, qishloqda 5 mingacha aholiga xizmat ko‘rsatilish ta'minlandi. «Mahalla posboni» rahbarlarning faoliyati tugatilib ularning o‘rniga 9 mingdan ziyod profilaktika inspektorlarining yordamchilari lavozimlari kiritildi. Xotin-qizlar bilan ishlash borasida alohida yondashuv shakllantirilib, 360 nafar ayol inspektorlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi», deya Po‘lat Bobojonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ichki ishlar vaziri yuqoridagi o‘zgarishlar natijasida 2016 yilda 9,5 foiz, 2017 yilda 12 foiz, 2018 yilda 25 foiz, joriy yilning 11 oyiga 40 foiz mahallada jinoyat sodir etilmaganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
11:16 / 06.02.2024
Po‘lat Bobojonovga yangi o‘rinbosar tayinlandi
12:12 / 05.01.2024
«112» tezkor raqami o‘z muddatida ishga tushmadi
10:26 / 03.12.2023
O‘zbekiston va BAA haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olishga kelishdi
10:03 / 15.09.2023