Jahon | 10:33 / 19.12.2019
11293
2 daqiqa o‘qiladi

Putin 15-marta katta matbuot anjumani o‘tkazadi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 dekabr tush vaqtida Moskvadagi Xalqaro savdo markazida an'anaviy katta matbuot anjumanini o‘tkazadi. Bu matbuot-anjuman Putin uchun 2001 yildan boshlab 15-anjuman bo‘ladi. Putin unga barvaqt tayyorlanishni boshlagan, buning uchun vazirlar, bosh vazir o‘rinbosarlari, federal agentliklar rahbarlari bilan muloqot qilgan.   

Joriy anjuman unga akkreditatsiya qilingan jurnalistlar soni bo‘yicha rekordni yangilaydi: anjumanda ishtirok etishga 1895 jurnalist qo‘yilgan. Biroq anjuman o‘tkaziladigan joy 900 kishinigina o‘z ichiga sig‘dira oladi. 2018 yilda anjumanda ishtirok etishga 1702 jurnalist qo‘yilgan.

Putin 2001 yildan boshlab jurnalistlar bilan har yil anjuman o‘tkazib kelgan. Faqatgina u bosh vazir lavozimini egallagan 2008-2012 yillardagina uzilish bo‘lgan. 

Rossiya prezidentining anjumanlari orasida eng qisqasi uning  ilk matbuot-anjumani bo‘lib, 1 soat 35 daqiqa davom etgan. Eng uzoq davom etgani esa 2008 yildagi anjuman bo‘lib, Putin 4 soat 40 daqiqa davomida jurnalistlar bilan muloqot qilgan. 2004 yildan boshlab Putinning matbuot anjumanlari 3 soatdan kam davom etmaydi. 

2018 yilda Rossiya prezidenti jurnalistlar bilan 3 soat 43 daqiqa muloqot qilib, ularning 66 ta savoliga javob bergan.

Joriy matbuot-anjumanni “Rossiya 1”, “Rossiya 24” va “Birinchi kanal”, “Mayak”, “Vesti FM” va “Radio Rossii” radiostansiyalari olib boradi. Anjuman 3 til – ingliz, fransuz va nemis tillariga tarjima qilinadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid