Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti 22 dekabr kuni o‘z faoliyatini to‘xtatib turadi
“21-22 dekabr kunlari O‘zbekistonda kuchli shamol va qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi “-5, -7” darajagacha pasayadi. Shu munosabat bilan, sizning xavfsizligingiz hamda qulayligingizni ta'minlash maqsadida, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi hududdan o‘tish faqat qishki shinali old va to‘liq g‘ildirakli avtomobillar uchun ruxsat etiladi”, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xabarda ta'kidlanishicha, yozgi shinali avtomashinalarning o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bundan tashqari, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti avtoturargohi 500 mashinaga mo‘ljallangani bois, avtotransport vositalari avtoturargohning to‘lishiga qarab to‘xtatiladi.
Shuningdek, ochilish marosimidan keyin, 22 dekabr kuni olib boriladigan profilaktik ishlar va hududni tozalash ishlari tufayli “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti o‘z faoliyatini to‘xtatib turadi va mehmonlarning hududga kirishi taqiqlanadi.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026