Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etildi
Foto: Shutterstock
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga ilova qilingan nizomga ko‘ra, Agentlik iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Iste'molchilarga tovarlar, ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma'lumotlarni olish imkoniyatini ta'minlash agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Agentlikka Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
16:18 / 02.12.2025
Xizmat yo‘q, lekin to‘lov bor: 5 ta chiqindi tashish korxonasining qonunbuzarligi aniqlandi
13:25 / 18.11.2025
Aloqa operatorlari abonent to‘lovini oshirayotgani yuzasidan tekshiruv boshlandi
21:08 / 28.10.2025
Ijtimoiy nafaqa va yordam pullaridan kredit qarzini undirish taqiqlanadi
12:19 / 23.10.2025