Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT DIIHB direktori birinchi marotaba saylovlarni kuzatish uchun O‘zbekistonga keldi
Bugun, 20 dekabr kuni, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir birinchi marotaba saylovlarni kuzatish uchun O‘zbekistonga keldi.
«DIIHB direktorining parlament saylovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi xorijiy ekspertlar tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi demokratik islohotlarni tan olgani, saylov jarayoniga yuqori hurmat va katta qiziqish, shuningdek ushbu tashkilotning mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishga hissa qo‘shishga tayyorligi sifatida baholanmoqda», - deya ta'kidlab o‘tgan respublika MSK.
2018 yilda DIIHB direktori Gisladottir inson huquqlari bo‘yicha birinchi Osiyo forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va YeXHT / DIIHB o‘rtasida qonun hujjatlarini xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarga muvofiq takomillashtirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.
Ma'lumot uchun: shu yil 23 dekabr kuni YeXHT / DIIHB Missiyasining matbuot anjumani kutilmoqda, unda ovoz berish yakunlari bo‘yicha dastlabki xulosalar e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026