Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi holatlarda fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini 5 ish kunida olishi mumkin?
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga alohida hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni 5 ish kunida ko‘rib chiqish mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining ma'lum qilishicha, buning uchun fuqarolar hududiy Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
fuqaroning xorijda shoshilinch davolanishi va unga hamrohlik qiluvchi shaxs zarurligini tasdiqlovchi respublika yoki viloyat miqyosidagi davlat tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlar;
yaqin qarindoshining og‘ir kasalligi yoki vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining topshiriqlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda xorijga chiqish hujjatini rasmiylashtirish zaruriyati yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning xodimlari haqidagi talabnomalar;
xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishni tasdiqlovchi hujjatlar.

Mavzuga oid
12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda
10:51 / 09.12.2024
O‘zbekistonga xorijdan talabalarni jalb etish bo‘yicha maxsus platforma yaratiladi
17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi
17:13 / 05.12.2024