Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xizmatlar sohasida jami qancha korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgani ochiqlandi
2019 yil 1 dekabr holatiga respublikada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 395,9 ming birlikka yetdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, xizmatlar sohasida jami 260,2 ming birlik korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 2018 yilning shu davriga nisbatan ularning o‘sishi 22,7 foizga oshdi.
2019 yil 1 dekabr holatiga xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 65,8 foizni tashkil yetdi.
Taqqoslash uchun: kuzatilayotgan davrda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi - 17,8 foiz, qurilish - 9,1 foizga yetdi va atigi 7,3 foiz qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi.
2019 yil 1 dekabr holatiga, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar (38,3 foiz) yuqori ulushni egallaydi.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning soni 9,8 foizni tashkil etdi.
Tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va xizmatlar sohasidagi tegishli faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar ulushi ularning umumiy sonida 5,9 foizga yetdi.
Axborot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizga teng bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026