Jamiyat | 14:35 / 21.12.2019
38186
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanidagi quduq ichidan erkak kishining jasadi topildi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 19 dekabr soat 13:45larda Toshkent shahri Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 5-uyning orqa tomonidagi quduq ichidan 55-60 yoshlardagi noma'lum erkak kishining jasadi topilgan. 

Postda.uz nashrining xabar berishicha, tashqi ko‘rinishidan jasadga jarohat yetkazilmagan.

Sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan jasad kimga tegishli ekanligini, marhumning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Surishtiruv ishlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid