O‘zbekiston olimpiya jamoasi Iroqni mag‘lub etdi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib bormoqda. Yakshanba kuni vakillarimiz Iroq olimpiya jamoasini mag‘lub etishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jami oltita gol kiritilgan o‘rtoqlik uchrashuvida hisobni iroqliklar ochgan bo‘lishsa-da, Bobur Abdixoliqov 25, 32, 50-daqiqalarda, Jasur Yaxshiboyev esa 42-daqiqada gol urib yakunda Lyubinko Drulovich shogirdlari 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
22 dekabr (yakshanba)
O‘zbekiston U-23 - Iroq U-23 4:2
Gollar: Bobur Abdixoliqov (25, 32, 50), Jasur Yaxshiboyev (42) - Muhammad Rizo (15), Muhammad Dovud (38, pen.)
O‘zbekiston U-23: Abduvohid Ne'matov, Islom Qobilov, Abdulla Abdullayev, Dilshod Saitov, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Sanjar Qodirqulov, Aziz G‘aniyev, Nurillo To‘xtasinov, Jasur Yaxshiboyev, Bobur Abdixoliqov.
Zaxira: Nizomiddin Ziyovutdinov, Mashxur Muhammadjonov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev, Oybek Rustamov, Sharof Muhiddinov, Abror Ismoilov, Aziz Amonov, Islom Kenjaboyev, Oybek Bozorov, Mirjahon Mirahmadov, Doston Ibragimov.
Ma'lumot uchun, vakillarimizning iroqliklarga qarshi rejadagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi 25 dekabr kuniga belgilangan.
Mavzuga oid
07:46 / 17.05.2024
«Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim» - Prezident O‘zbekiston U-23 jamoasi haqida
19:16 / 02.05.2024
Ispaniyami yoki Isroilga qarshi revansh? O‘zbekistonning Parij-2024dagi ehtimoliy raqiblari haqida
10:17 / 17.04.2024
O‘zbekiston U-23 jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi - Fayzullayev va Husanov bor
16:10 / 23.11.2023