Jamiyat | 11:10 / 24.12.2019
18632
1 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi maktab omboridan o‘quv qurol-yarog‘lari topildi

Foto: Fotolia

Andijon viloyati Asaka tumani IIB hamda IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining viloyat hududiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari tomonidan 11-sonli maktab tekshirildi.

Postda.uz’ning xabar berishicha, tekshiruv davomida ta'lim muassasasining orqa tomonida joylashgan eski ombordan o‘quv qurol-yarog‘lari topildi.

Muqaddam chaqiruvga yoshlarni tayyorlash fanida foydalanilgan bir dona piyodalarga qarshi o‘quv minasi, bir dona o‘quv qo‘l granatasi, 43 dona zapal va 24 dona zapalning zarb igolkasi tuman IIBga olib ketilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid