Fan-texnika | 00:24 / 24.12.2019
12786
1 daqiqa o‘qiladi

Rolls-Royce bo‘lajak rekordchi elektrosamolyotni namoyish etdi

Kompaniya tezligini soatiga 480 kilometrgacha yetkaza oladigan bir o‘rinli ionBird samolyoti prototipini namoyish etdi.

Sport elektrosamolyoti elektromotorlar ishlab chiqaruvchi YASA kompaniyasi va Electroflight aviatsion startapi bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.  

Unga 750 kVt quvvatli uchta motor o‘rnatilgan va samolyot bir marta quvvat olib 320 km masofaga parvoz qilishi mumkin. 

Bevosita sovutish tizimi batareyalarni yuqori tezlikda qizib ketishidan himoya qiladi.

Dastlabki parvozlar 2020 yil bahorida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deb yozadi New Atlas.

Mavzuga oid