Bosh prokuror: «Ikki yilda sog‘liqni saqlash tizimidagi 581 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan»

Foto: KUN.UZ
2019 yil 25 dekabr kuni Bosh prokuraturada sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda respublika bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma'ruza qilgan.
Uning qayd etishicha, so‘nggi ikki yilda sog‘liqni saqlash tizimidagi 581 nafar xodim turli jinoyatlarni sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
«Tashvishlisi, ularning 114 nafari yoki har to‘rtinchisining sodir qilgan qilmishi korrupsiyaviy jinoyat hisoblanadi. Bu davrda 115 nafar tibbiyot xodimi beparvolik va e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yib, shifokor degan ulug‘ nomga dog‘ tushirganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Bu xodimlar 50 ta holatda bemorga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatmagan, 24 ta holatda davolash ishlarini noto‘g‘ri olib borgan, 13 ta holatda jarrohlik operatsiyasini o‘tkazmagan yoki noto‘g‘ri o‘tkazgan, 7 ta holatda kasallikni barvaqt aniqlash chorasini ko‘rmagan. Eng achinarlisi, bunday qilmishlar oqibatida 27 nafar fuqaro og‘ir va o‘ta og‘ir tan jarohati olgan.
Javobgarlikka tortilgan xodimlarning 3 nafari vazirlik va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida, 49 nafari viloyat hamda 529 nafari tuman - shahar miqyosidagi muassasalarda faoliyat olib borgan. Jinoiy javobgarlikka tortilganlar, asosan, Farg‘ona (91 nafar), Andijon (80), Samarqand (77), Namangan (44), Qashqadaryo (33), Surxondaryo (32) va Xorazm (32) viloyatlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Korrupsiya illati xodimni ishga qabul qilishdan boshlab, moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmon ta'minoti kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan», - dedi bosh prokuror.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi

19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi

18:41 / 16.08.2024
Nig‘matilla Yo‘ldoshev Kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

18:42 / 19.07.2024